avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

Mening bobom va buvim – mahallamiz fahri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Peja:
 
I.                    Kirish
Mehr va ehtirom bayrami.
      II         Asosiy qism
1.      O’tmish va istiqlol ko’prigi.
2.      Keksalarni e’zozlagan yurt.
3.      Ardoqlangan keksa insonlar.
     III         Xulosa.
 
 
            Prezidentimizning tashabbusi bilan 1999-yil 2-martda tasdiqlangan farmonga binoan 9-may “Xotira va qadrlash kuni” deb e’lon qilindi. Shu yili 9-may kuni respublikamiz poytaxtida “Xotira maydoni” ochildi. Har yili 9-may kuni yurtimizda “Xotira va qadrlash kuni” nishonlanadi. Bu kun tarixning ogir sinovlarini boshdab kechirgan, fidokorona mehnat qilgan tabarruk yoshdagi, otahon onaxonlarimizga hurmat va ehtirom ko’rsatish ayyomidir. Ushbu kun munosabati bilan xalqimizning ezgu fazilatlari yanada yorqin namoyon bo’ladi. Yoshlikning navqiron chog’larini urush olovlarida janggohlarda o’tkazib, bugungi tinch va osoyishta hayotimiz uchun kurashgan insonlar jasorati beqiyosdir. Fashizm ustidan qozonilgan galabaga bu yil yetmish yil to’ldi. Ana shu voqealar, kechgan og’ir kunlar yodi bugun nafaqat urush qatnashchilari balki avlodlar xotirasidan hali-hamon o’chgani yo’q.
            Xotira shunday ruhiy-ma’naviy qudratki, u insonning insonligini anglatuvchi uni o’tmish va istiqlol bilan  bog’lab turuvchi buyuk qadriyat, ilohiy qudratdir. Xotirlash halq manfaati uchun kurashgan, el-yurt hurmatiga sazovor bo’lgan kishilarni eslashdir. U olamdan o’tgan ajdodlarni eslashgina emas, asrlar mobaynida Vatan uchun kurashda halok bulganlar xotirasini hurmatlash hamdir.
            Prezidentimiz tomonidan 2015- yilning 19- fevral kuni “O’zbekiston respublikasi fuqarolari 1941-45-yillardagi urush va mehnat fronti fahriylarini “Ikkinchi jahon urushidagi g’alabaning 70 yilligi” esdalik yubiley medali bilan mukofotlash to’g’risida” gi farmoniga ko’ra 1941-45-yillardagi ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 70 yilligi sharafiga  esdalik yubiley medali ta’sis etiladi va bu medal bilan ikkinchi jahon urushi qatnashchilari mikofotlanadilar.
            “Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturi 1941-45-yillardagi urush va mehnat fronti fahriylariga alohida e’tibor qaratilgan. O’zbekiston “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha ularni ko’plab imtiyoz va imkoniyatlar kutib turibdi. Jumladan, ularga soglomlashtirish sanatoriyalarida o’n ikki kun davomida bepul davolanish, temiryo’l transportidan bir yilda bir  marta bepul foydalanish imkoniyati taqdim etiladi, shuningdek, tibbiyot sohasida bir qator qulaylik va imtiyozlar joriy qilinmoqda.
            Mening bobom va buvimlarga ham juda ko’p imtiyozlar berilmoqda. Bobom va buvim mahallamizning fahrlari hisoblanishadi. Mahallamizning barcha kattayu-kichigi ularga havas bilan boqishadi. Men bobom va buvimni e’zozlab ularning ko’nglini olib doimo duolarini olishga harakat qilaman. Ularning qo’llari esa hamisha duoga ochiq. Biz ularni judayam yaxshi ko’ramiz.
            Asl farzand bo’lay desangiz,
            Gulday unib o’say desangiz,
            Duo olib to’lay desangiz,
            Ezgu ishlar qilay desangiz,
Har bir tongni savobdan boshlang
Keksalarni e’zozlab yashang.
Assalomdan boshlang so’zingiz,
Yuzlariga bosib yuzingiz,
Poyiga nur bo’lsin ko’zingiz
Quvonch mehr berib o’zingiz
Har bir tongni savobdan boshlang
Keksalarni e’zozlab yashang.
 
Hulosa o’rnida shuni aytishim mumkinki, keksalarni e’zozlagan yurt ravnaq topadi. Biz ularni e’zozlasak ertaga kelajak avlodlar bizni e’zozlashadi. Ular bizning o’tmishimiz, shonli tariximizdir. Zero tarixini bilmagan, uni qadrlamagan yurtning kelajagi ham yo’qdir.
 
Namangan   viloyati, Namangan tumani 11-sonli maktabning 9-sinf o’quvchisi Mirzaakramova Nafisaning yozgan inshosi. Telefon: +998934998710